Vladimir Putin virusga qarshi kurash davom etayotganini ta'kidladi. Shuningdek, u yaqin kelajakda mamlakatda koronavirusga qarshi vaksina olinishiga umid bildirib, yangi rus dori vositalari dunyoda eng yaxshisi bo‘lishini ta'kidladi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, bu ilm-fanning yuqori darajada ekanidan dalolat beradi.
Rossiya rahbari, shuningdek, iyul-avgust oylarida koronavirus bilan kurashayotgan shifokorlar uchun federal va mintaqaviy mukofotlarni saqlab qolish zarur deb hisobladi. Uning ta'kidlashicha, ular uchun og‘irlik va xavf hali ham saqlanib qolmoqda.
Bungacha Putin iyun oyida mamlakat koronavirus pandemiyasi xavfiga munosib javob berganini e'lon qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat bunga o‘zining texnologik va ishlab chiqarish bazasi, shuningdek, jamiyat, sog‘liqni saqlash tizimi va xalq xo‘jaligining muhim tarmoqlari sa'y-harakatlari tufayli erishdi.
Rossiyada so‘nggi kun davomida 7889 ta yangi koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Xodimlarning so‘zlariga ko‘ra, yangi yuqtirganlar mamlakatning 85 mintaqasida topilgan. Rossiyada aniqlangan koronavirus infeksiyasining umumiy soni 576 mingga etdi.