Davlatimiz rahbarining koʻrsatmalariga asosan Andijon viloyati delegatsiyasi tomonidan Rossiya Federatsiyasining Stavropol oʻlkasida istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz uchun Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari oʻtkazish boshlab yuborildi.

Mazkur tadbirda soʻz olganlar tomonidan yurtimizdagi oʻzgarishlar va islohotlarga guvoh boʻlayotganliklari, shuningdek, xorijdagi fuqarolarimiz doimo eʼtiborda ekanliklari taʼkidlandi. Tadbir katta konsert dasturiga ulandi. Elimiz ardogʻidagi sevimli honandalar oʻz chiqishlari orqali vatandoshlarimizga bayram kayfiyatini ulashdilar. Bayram tadbirlari Rossiya Federatsiyasining boshqa viloyatlarida ham davom ettiriladi.