RF qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Agrotahlil markazi ma'lumotiga ko'ra, joriy mavsum boshidan Rossiya 1,005 million tonna shakar eksport qilgan ( o'tgan yilga nisbatan 7,7 baravar ko'p) bo'lib, bunday yuqori natija tarixda ilk bor kuzatilgan.
Tahlilchilar ta'kidlashicha, EOII mamlakatlari bilan savdo ma'lumotlari hisobga olinganidan so'ng ko'rsatkichlar yanada yuqori bo'ladi.
Ushbu mavsumda Rossiya shakarini import qilish bo'yicha O'zbekiston (163,4 ming tonna), Qozog'iston (156,6 ming tonna), Ozarbayjon (143,6 ming tonna), Tojikiston (119,1 ming tonna), Ukraina (67 ming tonna) etakchilik qilgan. Belarus` esa Rossiyadan 47,9 ming tonna shakar sotib olgan. Mazkur mamlakatlarning ulushi 697,6 ming tonnani yoki Rossiyadan eksport qilingan umumiy shakar hajmining 79,6 foizini tashkil etadi.