Ana shu yoʻnalishdagi faoliyat davom ettirilib, bugun, 4-fevral kuni Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazidan 7 nafar yurtdoshimiz Moskva – Toshkent yoʻnalishidagi charter reys orqali yurtimizga olib kelindi.

Oʻzbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi bilan hamkorlikda olib kelingan yurtdoshlarimiz bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari profilaktik tadbirlarni oʻtkazdi hamda ularga moddiy yordam pullari berilib, doimiy yashash manzillariga kuzatib qoʻyildi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 23-yanvar kuni Rossiya Xorijiy fuqarolarni vaqtinchalik saqlash markazidan 13 nafar yurtdoshimiz yurtimizga olib kelingan edi.