Qayd etilishicha, yong'indan oldin mahalliy aholi portlashlar, shuningdek, dronlarning parvoziga o'xshash tovushlarni eshitgan.
Shuningdek, mintaqaviy tezkor shtabning xabariga ko'ra, yong'in Moskva vaqti bilan tungi ikkilarda boshlangan va soat uchlarda zavod ishchilari tomonidan zudlik bilan o'chirilgan.
Yaqinda Rossiya Federatsiyasida neftni qayta ishlash zavodlarida birin-ketin yong'in sodir bo'lgandi. Oxirgi holatlardan biri 3-fevral kuni Volgogradda yuz bergan. Bungacha Tuapsedagi neftni qayta ishlash zavodida kuchli yong'in kelib chiqqandi, deb xabar beradi korrespondent.net.