Maxsus xizmatlar bergan maʼlumotlarga asosan Cozy Bear nomi bilan tanilgan ART29 guruhi kiberhujumlarni uyushtirgan. Hisobotda xakerlarning Rossiya razvedka idoralariga xizmat qilishi qayd etilgan.
Xakerlarning axborotni oʻgʻirlab olgani yoki bu borada muvaffaqiyatsizlikka uchragani borasida aniq fikr bildirilmagan. Hisobotda tadqiqotlarga mazkur kiberhujumlarning xalaqit bera olmagani ham taʼkidlangan