Rossiyaliklar eng ko'p sayohat qilgan top-3 davlat

    Ular qatorida O'zbekiston ham bor

    Oʻzbekiston shu yilning kuzida rossiyaliklar eng koʻp chipta sotib olgan mashhur yoʻnalishlar uchligiga kirdi. Bunday maʼlumotlar Tutu.ru xizmati tahlilchilari tomonidan taqdim etildi.

    Shunday qilib, birinchi oʻrinni Tojikiston egalladi. Bu mamlakatga chipta sotib olgan yoʻlovchilar ulushi 18,53 foizni, bir tomonlama chiptaning oʻrtacha narxi esa 14,2 ming rublni tashkil qilgan.

    Qirgʻiziston ikkinchi oʻrinda. Kuzda 16,78 foiz rossiyaliklar mazkur davlatga sayohat qilishga qaror qilishgan va oʻrtacha hisob 16 000 rublni tashkil etdi.

    Uchinchi oʻrinni Oʻzbekiston band etgan. Tahlilchilarning fikriga koʻra, mamlakat sayohatchilarning 14,17% tomonidan tanlandi va oʻrtacha chipta narxi bir tomonga 17,5 ming rublni tashkil etdi.

    Bundan tashqari, bu kuzda ruslar orasida mashhur yoʻnalishlar roʻyxati quyidagicha:

    Armaniston 12,01 foiz, 18 820 rubl;

    Ozarbayjon 11,32 foiz, 16279 rubl;

    Turkiya 8,61 foiz, 30242 rubl;

    Belarus 4,99 foiz, 8399 rubl;

    Qozogʻiston 4,51 foiz, 21437 rubl;

    BAA 1,41 foiz, 46 346 rubl;

    Isroil 1,22 foiz, 47883 rubl;

    Gruziya 1,03 foiz, 31224 rubl;

    Misr 0,45 foiz, 38706 rubl;

    Tailand 0,44 foiz, 71287 rubl;

    Germaniya 0,43 foiz, 39533 rubl;

    Serbiya 0,42 foiz, 40291 rubl.