Avval xabar qilinganidek, tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi – Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti mudiri M.Xayriddinov, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari E.Muhiddinov, mamlakatimizning Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va muxtor elchisi B.Asadov va Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi vakillari ishtirokida muzokaralar oʻtkazildi.

Uchrashuvda Rossiyaga kirishi taqiqlangan yoki mahalliy migratsiya qonunchiligi talablarini buzgan Oʻzbekiston fuqarolarini afv qilish masalasi koʻrib chiqilib, ijobiy hal qilishga erishildi.

Rossiya IIV bergan maʻlumotga koʻra, ushbu davlatda taqiqqa tushib qolish ehtimolidan qochib yurgan, yaʻni roʻyxatda turmagan 500,0 ming nafar fuqarolarimiz bor.

Oʻzbekiston delegatsiyasining tashrifi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.