Delegatsiya aʼzolari monomarkazda yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi. Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik masalalari yuzasidan muzokaralar ham olib borildi.
Shu kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari E.Muhitdinov va “Quruvchilar milliy uyushmasi” assotsiatsiyasi prezidenti A.Glushkov oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasiga yuborilayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining malakasini baholash imtihonini raqamli platforma asosida masofadan topshirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir soʻnggida tomonlar oʻrtasida hamkorlik Bitimi imzolandi.
Maʼlumot oʻrnida, mazkur bitimda Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurilish sohasidagi mutaxassislarni kasbga oʻqitish va ularning malakasini baholashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish kabi masalalar qayd qilingan.