Agentlik tomonidan Rossiya Federatsiyasi mehnat bozoridagi yangi yoʻnalishlar, salohiyatli ish beruvchilarning ehtiyojlari, mehnat sharoitlarini oʻrganish va ularga fuqarolarni ishga jalb qilish maqsadida qator kompaniya va korxonalar bilan doimiy muzokaralar olib borilmoqda.

Videoaloqa tarzida oʻtkazilgan mazkur uchrashuvda “Terneyles” kompaniyasi tomonidan mamlakatimizda yogʻochni qayta ishlash yoʻnalishida oʻquv kurslarini tashkil etib, mutaxassislar tayyorlash va keyinchalik ularning bandligini taʼminlash borasidagi masalalar muhokama etildi.