Bu haqda «Ishonch.uz» xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, 1996 yilda tug‘ilgan erkak va uning uch nafar farzandi portlashdan so‘ng kelib chiqqan yong‘inda halok bo‘lgan. Uning turmush o‘rtog‘i hamda onasi og‘ir ahvolda shifoxonada qolmoqda.

“Tunda qattiq ovoz bo‘ldi. Hamma uydan chiqib ketdi. Qo‘rqib ketdik”, — deydi qo‘shnilardan biri.

Qo‘shnilarniнг aytishicha, voqea sodir bo‘lgan paytda erkak yaqinlarini qutqarishga urinган. U ayoli va onasini derazadan tashqari chiqarib yuborishga ulgurgan, ammo bolalarini qutqarishga harakat qilgan paytda o‘zi ham halok bo‘lgan.

Hozircha fojia nimadan kelib chiqqani sababi rasmiy ma’lum qilingani yo‘q. Voqea joyida tegishli idora va tashkilotlar mas’ullari ish olib bormoqda.