Iqlim oʻzgarishlari bilan bogʻliq voqealarni tahlil etuvchi Climate Now Ruminiyada biologik xilma-xillik va iqlim oʻzgarishi oʻrtasidagi bogʻliqlikni oʻrganib chiqdi.
Oʻzining xilma-xil “yashil olami” bilan mashhur Ruminiyada ayiq va bizon kabi yovvoyi hayvonlar naslining davom etishi uchun muhim tadqiqotlar olib borilmoqda.
Tadqiqot natijalariga koʻra, hayvonlarga ijobiy munosabatning oshishi ushbu mintaqada ekoturizmning rivojlanishiga yordam beradi va global isishning oldini oladi.
– Oʻylaymanki, insoniyat qisqa muddat ichida bizonlarning iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashda naqadar samarali ekanligini tushunib yetadi, – dedi bizonlarni himoya qilish loyihasi rahbari Marina Draga.
Hududda bizonlar koʻpayishiga sharoit yaratish boshqa hayvonlarning ham koʻpayishiga sabab boʻladi. Boisi bizon boshqa hayvonlarning hayotini himoya qiladi.
Shuningdek, mazkur mamlakatda avtomagistral ustida ayiqlar uchun maxsus koʻprik ham qurildi. Biroq bu koʻprik boʻri, silovsin, kiyik, yovvoyi choʻchqa kabi hayvonlarga ham xizmat koʻrsatadi.
Bu Ruminiyada yirtqichlar uchun qurilgan dastlabki koʻprik boʻlib, kuzatuvlarga koʻra ayiqlar bu yerda koʻprikning kengligini chamalaydi, atrofni kuzatadi va xavfsizligiga ishonch hosil qilgachgina koʻprikdan oʻtadi. Bu oʻz navbatida insonlar va yovvoyi tabiat uygʻunligini saqlashga xizmat qiladi.