Safina Sadullayeva Olimpiada chempionini ortda qoldirdi

    Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi vakili Safina Sadullayeva Yevropa turnirlaridagi ishtirokini davom ettiradi.

    Bu gal hamyurtimiz Slovakiyadagi musobaqada qatnashdi.

    Garchi Sadullayeva sovrinli oʻrinlarga ilina olmagan boʻlsa ham, bir qator ahamiyatli natijalarni qayd etdi. Jumladan, bundan avval Chexiyada qayd etgan 1.92 metr natijasini 1 santimetrga yaxshilashga muvaffaq boʻldi. Qayd etish joiz, bu Osiyo qitʼasi vakilalari orasida mavsumdagi eng yuqori koʻrsatkich boʻlib turibdi.

    Musobaqa anʼanaga muvofiq, yopiq inshootda oʻtkazildi. 1.93 metr natija bilan hamyurtimiz toʻrtinchi pogʻonani egalladi. Safina qoʻshimcha koʻrsatkichlar evaziga Olimpiada chempioni, rossiyalik Mariya Lasitskeneni ham ortda qoldirishga muvaffaq boʻldi. Gʻolib va sovrindorlar roʻyxati:

    “World Athletics Indoor Tour Silver”, Slovakiya

    Balandlikka sakrash, ayollar:

    1. Eleanor Patterson (Avstraliya) – 1.99
    2. Yaroslava Maguchix (Ukraina) – 1.96
    3. Mariya Vukovich (Chernogoriya) – 1.96
    4. Safina Sadullayeva (Oʻzbekiston) – 1.93

    Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi axborot xizmati