Tadbir davomida Yangiariq tumanida yashovchi fuqaro D.A. Tuproqqal’a tumanidan tabiiy holatda o‘sgan saksovul o‘simliklarini noqonuniy tarzda qo‘porib, olib ketayotganligi aniqlandi.

Ta’kidlanishicha, holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 79-modda 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. 

Huquqbuzarlik natijasida tabiatga 61 million 908 ming so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, D.A.ga 1 mln 650 ming so‘m miqdorida jarima solindi. 

Fuqaro jami 63 million 558 ming so‘m to‘laydigan bo‘ldi.