Bu haqda Samara viloyati hukumatiga tayanib “Sputnik” xabar bermoqda.

Vatanga qaytmoqchi boʻlgan oʻzbekistonliklar 15-avgustdan Kinelga kelishni boshlagan edilar. Avvaliga migrantlar temiryoʻl vokzali platformasida joylashgan edilar. 21-avgust kuni region hukumati ular uchun palatkali lagerni qurib berdi. Sovuq kunlar boshlanishi bilan isitish tizimlari ham tashkil etildi.

“Migrantlarni oʻz manziliga yetkazish uchun sakkizta poyezd yuborildi, yana toʻrtta poyezd tashkillashtiriladi. Shuningdek, Kurumoch aeroportidan chiqish reyslari rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.

Samara viloyatiga kirishda yana nazorat postlari ishga tushdi – ular shu jumladan, lagerda koronavirus oʻchoqlari paydo boʻlishi xatarlarini pasaytirish ustida ish olib bormoqda, deb xabar qiladi Matbuot xizmati.

Toshkentda fuqarolardan Rossiya-Qozogʻiston chegarasida muntazam toʻplanmaslikni va RFda yashash joyi boʻyicha chiqish reyslari navbatini kutishni munzatam soʻrab kelmoqda. Ammo Oʻzbekistonga qaytish istagida boʻlgan yuzlab fuqarolar may oyidan boshlab muntazam ravishda Rossiyaning Samara, Orenburg va Rostov viloyatlarida toʻplanib keladilar. Respublika hukumati avtobus va temir-yoʻl transporti orqali oʻng mingdan ziyod vatandoshlarni olib chiqdi.

1-oktyabr sanasidan boshlab Oʻzbekiston oʻz chegarasini barcha turdagi transport vositalari uchun ochmoqda, shu munosabat bilan oldinroq kiritilgan karantin choralarining barchasi bekor qilindi.