Raqamlashtirish hamda sunʼiy intellektni joriy qilish orqali ham ishlab chiqarish samaradorligi 20 foizga oshadi, operatsion xarajatlar 20-25 foizga kamayadi.
Mutasaddilarga tuman sanoatining 70 foizini beradigan 43 ta korxonaga shu ishlarni qanday tashkil qilishni oʻrgatish topshirildi.
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasini 287 gektari adirda joylashgani uchun infratuzilma olib borish 2-3 karra qimmatlashmoqda.
Agar bu yerlar qulay hududlarga almashtirib berilsa, investorlar 560 million dollarlik 80 ta loyihani amalga oshirishga tayyor.
Masʼullarga yil yakunigacha sanoat zonalaridagi boʻsh yerlarni tahlil qilib, samarasiz hududlarni boshqasiga almashtirish boʻyicha taklif kiritish topshirildi.