Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, qoʻshimcha qatnovlar shu yilning 25-avgust kunidan 3-sentyabr kunigacha 775/776-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yoʻnalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qoʻshimcha qatnovi yoʻlga qoʻyildi.
Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
775-sonli “Samarqand — Toshkent” yoʻnalishi
Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26
776-sonli “Toshkent — Samarqand” yoʻnalishi
Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05
Yoʻlovchilar chiptalarni nafaqat temir yoʻl chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda eticket.railway.uz sayti orqali xarid qilishlari mumkin, — deyiladi xabarda.