Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Samarqand davlat oʻrmon xoʻjaligi oʻrmon kadastri vazifasida ishlovchi I.I. fuqaro F.S.ga ushbu oʻrmon xoʻjaligi tasarrufidagi 2 gektar yer maydonini auksion orqali olib berish evaziga 1 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.