Universitet rektori endigina hayotga qiziqishi ortib, maqsad va orzulari sari dadil qadam tashlayotgan, qalbida gʻayrat-shijoati joʻsh urgan yoshlarga eʼtibor qaratish, ularning tashabbuslariga amaliy yordam berish qoʻllab-quvvatlash bizning maqsadimiz deb taʼkidlab oʻtdi.

Uchrashuvda “Bolalar mahallalari uyushmasining Samarqand filiali” direktori D.Sh.Davronova bilan biriktirilgan yoshlarni muammolarini, qiziqishlarini oʻrganish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, qobiliyatini yuzaga chiqarishi uchun zarur sharoitlar yaratish masalalarini ham muhokama qildi.

   Uchrashuv davomida universitet rektori yoshlarga hozirda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar hamda yoshlarga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan misollar keltirib, yoshlarni yaxshi oʻqishga intilish kerakligi, vatan oldidagi burchini his qilgan holda, oldiga qoʻygan ezgu maqsadlariga har bir daqiqamizning qadri bebaho ekanligini taʼkidlab oʻtdi. 

    Uchrashuv soʻngida universitet rektori “Bolalar mahallasi uyushmasi” dagi yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, yoshlarni muammo va takliflarini tinglab amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi.

 

🏛Axborot xizmati