Bu haqda Raqobat qoʻmitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha shu yilning 2 chorak yakunida Raqobat qoʻmitasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Samarqand viloyatidagi tuman (shahar) hokimliklarining qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini "Raqobat toʻgʻrisida"gi Qonun talablariga mosligi hamda raqobatni rivojlantirishga toʻsqinlik qiladigan hujjatlarning qabul qilinishi yuzasidan oʻrganish ishlari oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida, Samarqand viloyatidagi tuman va shahar hokimliklari (Ishtixon, Payariq, Pastdargʻom, Toyloq, Qoʻshrabot, Samarqand, Urgut, Jomboy, Kattaqoʻrgʻon, Narpay va Kattaqoʻrgʻon shahar) tomonidan qabul qilingan normativ tusdagi hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi "Raqobat toʻgʻrisida"gi Qonunining 22-moddasi talablariga zid ravishda qaror, buyruq va farmoyishlar qabul qilishda, shartnomalar tuzishda ustunlik berishda, ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyati uchun boshqa kamsituvchi yoki imtiyozli shartlar belgilashda kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi.
Oʻrganish ishlari natijalariga koʻra, hududiy boshqarma tomonidan shahar va tuman hokimliklariga qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida tegishli taqdimnomalar berildi.