Joriy yilning 23–25-sentyabr kunlari Samarqand shahrida Engil atletika bo'yicha Markaziy Osiyo 4-Ochiq chempionati bo'lib o'tadi. Unda 11 ta mamlakatdan 300 dan ortiq sportchilar ishtirok etadi.
Ochiq turnirda ishtirok etish uchun O'zbekistonga Qirg'iziston, Qozog'iston, Turkmaniston va Tojikiston terma jamoalari tashrif buyuradi. Ularga Malayziya, Tailand va Filippinlardan sportchilar qo'shiladi.
Sport musobaqasi O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi va Engil atletika federatsiyasi tomonidan Markaziy Osiyo engil atletika assotsiatsiyasi va “O'zbekneftgaz” AJ ko'magida tashkil etiladi.
Musobaqalar Samarqand shahridagi “Afrosiyob Arena” sport majmuasida o'tkaziladi. Sportchilar asosiy yugurish yo'nalishlarida ham, texnik musobaqalarda ham — balandlikka sakrash, tayanib sakrash, uzunlikka, uch hatlab sakrash, disk, bolg'a, otish, nayza uloqtirish bo'yicha qatnashadi.
Engil atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi deyarli barcha yo'nalishlarda chiqishi belgilangan. Stadionga ishtirokchilar bilan birgalikda V Islom Birdamlik o'yinlari g'oliblari Sharifa Davronova, Anvar Anvarov, Suxrob Xo'jaev, Farida Solieva, Nargiza Qo'chqorova va Roksana Xudoyarova kuch sinash uchun chiqadi.
Musobaqaning uchinchi kunida “Save Aral–2022” xalqaro xayriya ommaviy yugurish musobaqasining navbatdagi bosqichi bo'lib o'tadi. Ikki mingdan ortiq ishtirokchilar Orol dengizi atrofidagi ekologik muammoga jamoatchilik e'tiborini qaratish maqsadida o'tkaziladigan “Save Aral” musobaqasini qo'llab-quvvatlash uchun ishtirok etadi.