Xususan, 2021-yil 19-yanvar kuni “O‘zsuvtaʼminot” AJ, "Samarqand suv taʼminoti" MCHJ va Daniyaning "GRUNDFOS South East Europe Kft" kompaniyasi o‘rtasida energotejamkor nasos uskunalarini yetkazish bo‘yicha onlayn tarzda uch tomonlama energoservis shartnomasi imzolandi.
Shartnomaga ko‘ra, 2021-2022-yillarda Samarqand shahridagi suv inshootlariga 249 ta nasos va unga tegishli uskunalar texnik kredit asosida o‘rnatiladi. Loyihaning o‘zini-o‘zi qoplash muddati 5 yil bo‘lib, natijada yiliga 27 mln. kVtdan ortiq (12,3 mlrd. so‘m) elektr energiyasi iqtisod qilinadi. Mavjud nasos uskunalarini energiyani tejaydigan nasos uskunalari bilan almashtirish natijasida 50 foiz elektr energiyasi sarfi tejaladi.
Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida Samarqand shahri aholisining ichimlik suvi bilan taʼminlanish darajasi yanada yaxshilanadi.