Samarqand shahrida turizm bekatlari tashkil etish uchun tanlov eʼlon qilindi

    Turizm 16 Yanvar 2021 2205

    Samarqand shahridagi Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi va Amir Temur maqbarasi atrofida turizm avtobekatlari tashkil etish uchun tanlov eʼlon qilindi.

    Bekatlar uchun alohida yer maydoni ajratiladi. Jumladan, Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi yaqinida 350 kvadrat metr, Amir Temur maqbarasi atrofida 650 kvadrat metr avtoturargoh tashkil etiladi.

    Turistik bekatlar belgilangan tartibda muntazam ravishda ishlashi lozim.

    Bekatlarda quyidagi xizmatlar mavjud boʻlishi kerak:

    - fuqarolar va sayyohlarning mobil aloqa vositalaridan foydalanish imkoniyatining mavjudligi;

    - aholi va mehmonlarning qulayligi uchun stansiyani bankomatlar bilan taʼminlash;

    - bepul Wi-Fi xizmati,

    - nogironlar uchun sharoitlar (pandus);

    - bekatda kuzatuv kameralarining mavjudligi;

    Tanlovni baholash mezonlari:

    - tashkil etilgan yoʻnalishlar soni;

    - transportlar soni va sifati;

    - tashkil etilgan marshrutlarning narxi.

    Mazkur bekatlar va koʻrsatiladigan xizmatlarni tashkil etish uchun Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti bilan 10 yillik bitim tuziladi.

    Tanlov 30-yanvargacha davom etadi.