O‘zenergoinspeksiya, "Hududgaz Samarqand" GTF va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorligida oʻtkazgan nazorat tadbirda Samarqand tumanida fuqaro K.K. ga tegishli qo'shimcha xo'jalik yerida issiqxona tashkil qilib, loyiha-texnik hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanganligi maʼlum boʻldi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 1 milliard 341 million so‘mlik zarar yetkazilgan.