«Soatbay ishga oʻtganman deb, yakshanba kuni hammani ishga chaqirib, hokimiyatlarda oʻzlaringizni ishlaganga oʻxshab koʻrsatib, ochko olish uchun ishlaganlaringiz menga kerak emas. Bozor kuni — dam olish kuni. Bozor kuni hamma uyida damini olsin, ota-onasi, qarindoshi bor, farzandi bor, ayoli bor, boshqasi bor, damini olsin. Oʻshanda ish samarali boʻladi», — dedi hokim v.b.
Shuningdek, u qoʻl ostidagilardan vazifalarni ish vaqtida bajarishni kutishini taʼkidladi.
«Oʻsha belgilangan muddatda, olti kunmi, besh kunmi, oʻshanda halol, pokiza boʻlib, fidoyi boʻlib, toza ishlanglar, yetadi oʻshaning oʻzi, tamom. Bozor kuni uylaringizga borib, bir onalaringizdan xabar olinglar, farzandlaringizga vaqt ajratinglar, ayollaringizga vaqt ajratinglar, bir opa-singillaringiz bordir, amma-xolalaringiz bordir, qarindoshlaringiz bordir. Shulardan bir xabar olinglar. Borib ularni bir-yarim soat eshitinglar. Borib, eshitib, ular bilan bir gaplashib, oʻtirsangizlar bor-ku, oʻshanda ishlaringizda ham baraka boʻladi», — taʼkidladi Adiz Boboyev.
Viloyat hokimi, shuningdek, dam olish kunlarida tuman hokimlari ham, viloyat hokimi oʻrinbosarlari ham hech kimni ishga chaqirmasligi kerakligini qoʻshimcha qildi.