Pastdarg‘om tumanida joylashgan “U. M.” fermer xo‘jaligi elektr hisoblagich ulanish sxemasini buzganligi aniqlanib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minot korxonasiga 1 mlrd 824 mln so‘m;

Pastdarg‘om tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan “N.P.L.” oilaviy korxonasiga qarashli oshxona  shartnomasiz va hisoblagichsiz gaz tarmog‘iga ulanganligi aniqlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra tizimga 897,6 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.