Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov Samarqand viloyatidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida oʻquvchilarning maktabdan tashqari boʻsh vaqtlarini oʻtkazishlari uchun yaratilgan sharoit va mavjud toʻgaraklarni borib koʻrdi.
Toʻgaraklarda taʼlim olayotgan oʻquvchilar bilan uchrashib, toʻgarak rahbarlarining mashgʻulotlarini kuzatdi. Vazir ushbu maktabning kechgacha faoliyat yuritishini taʼminlash, sport zal va xoreografiya xonalaridan unumli foydalanish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi.
Bugungi kunda Samarqand viloyatida 17 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyat olib bormoqda, ularda jami 1125 ta toʻgaraklar tashkil etilgan boʻlib, ularga 35236 nafar oʻquvchi-yoshlar qamrab olingan.