“Oʻzagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi va tumanlar boʻlimlari tomonidan 2022-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlari ekilishi va boshqa agrotexnik tadbirlar yuzasidan doimiy ravishda monitoring oʻrnatilgan.

Samarqandlik dehqonlar  2022-yil hosili uchun 94 ming 230 gektar, shundan 29 ming 679 gektar ochiq yer maydoni, 64 ming 551 gektar gʻoʻza qator orasiga kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish yuzasidan mehnat qilishmoqda. Gʻalla ekish mavsumida 164 ta gʻalla ekish seyalkalaridan unumli foydalanilmoqda. 

Jumladan, ishtixonlik gʻallakorlar oʻtgan yili har gektar yerdan 70-80 sentner gʻalla hosili yigʻishtirib olishdi. Natijada klaster korxonalari va fermer xoʻjaliklari rahbarlari mehnatiga yarasha moddiy manfaat koʻrdilar.

Shu bois, 2022-yilda ham 7 ming 380 gektar yer maydoniga ekiladigan boshoqli don ekinlaridan yuqori hosil yetishtirish maqsadida gʻalla ekish tadbirlari uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda. Rejada belgilangan 5 ming 580 gektar ochiq yer maydoni, 1 ming 800 gektar gʻoʻza qator orasiga boshoqli don ekinlari ekilmoqda.

Jumladan, tumandagi “Omonboy Farmonov” nomli fermer xoʻjaligi tomonidan jami ming gektar yer maydonida dehqonchilik qilinib, shundan 344 gektar gʻalla ekish rejalashtirilgan boʻlib, bugunga qadar 120 gektar yer maydoniga boshoqli don ekinlari ekildi. Kuzgi boshoqli don ekinlari peshma-pesh sugʻorilib, aksariyat maydonlarida undirib olindi.

Fermer xoʻjaligi tomonidan ming nafar qishloq yoshlari ish bilan taʼminlagan. 64 ta zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan gʻalla, paxta va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirilmoqda, “Oʻzagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi axborot xizmati. 

Ishtixon tumanida 2022-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlari Turkiyadan keltirilgan 14 ta zamonaviy seyalkalar bilan ekilmoqda. Natijada gʻallani sifatli ekish, mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantirish, joʻyak olish singari uchta agrotexnik tadbirlar bir vaqtning oʻzida  bajarilmoqda. Tabiiyki, bu qishloq xoʻjaligi korxonalari xodimlarining moddiy manfaatdorligi yuqori boʻlishini taʼminlaydi.