Bu haqda FVB maʼlum qildi.
Chaqnash natijasida hosil boʻlgan kinetik zarbadan uyning temir-beton konstruksiyalari qulab tushdi. 1-, 2-, 3-qavatlari va yertoʻla qismi zararlangan. Yongʻin sodir boʻlmagan.
Olib borilgan harakatlar natijasida vayronalar ostidan 6 nafar fuqaroning jasadi topildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ishchi guruhi rahbarligida Samarqand viloyati FVB boshligʻi, Prokuratura, IIB, SSB, MG, “Hududgaztaʼminot” va tegishli FVDT xizmatlaridan tezkor – Shtab tuzilib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Bunga 10 ta asosiy va maxsus yongʻin-qutqaruv texnikalar va FVDTning kuch, vositalari jalb etilgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.