Samarqandda Italiya filmlari festivali boʻlib oʻtadi

    Bundan tashqari "San-Remo yulduzlari" kontserti o'tkazilishi rejalashtirilgan.

    Joriy yilning 1-4-noyabr kunlari Samarqand shahrida XVI Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumining madaniy dasturi doirasida N.I.C.E. (New Italian Cinema Events) yangi italyan kinosi kinofestivali oʻtkaziladi.

    Ochilish marosimi 1-noyabr kuni "Sharq yulduzi" kinoteatrida boʻlib oʻtadi.

    Shuningdek, festival doirasida bir qator Italiya filmlari namoyish etiladi. Bundan tashqari "San-Remo yulduzlari" konserti oʻtkazilishi rejalashtirilgan.