Samarqandda katta miqdorda isteʼmolga yaroqsiz goʻsht toʻxtatib qolindi

    Xavfsizlik 16 Fevral 2025 896

    Samarqand viloyatida joylashgan “Yuqori nuqta“ YPX maskanida 2 tonna isteʼmolga yaroqsiz goʻsht mahsuloti toʻxtatib qolindi.

    Qayd etilishicha, shu yilning 14-fevral kunidan 15-fevral kuniga oʻtar kechasi Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida joylashgan “Yuqori nuqta” YPX maskanida Namangan-Samarqand yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan, 1997-yilda tugʻilgan haydovchi boshqaruvidagi “Shineray T30” rusumli avtomashina toʻxtatilib koʻzdan kechirilgan.

    Oʻtkazilgan tekshiruvlarda Transport vositasining yukxonasida jami ogʻirligi 2 000 (ikki ming) kg mol goʻshti borligi aniqlangan.

    Mazkur goʻsht mahsulotlarining isteʼmolga yaroqliligi “Samarqand viloyat hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi“da tekshirilganda, muassasaning xulosasiga asosan isteʼmolga yaroqsizligi aniqlanib, belgilangan tartibda yoʻq qilingan.