Bu ehtiyot chora maqsadida amalga oshirilmoqda.
Qaytarib olinayotgan mahsulotlar tez eruvchan sutli va nordon sutli quruq aralashmalar, shuningdek aminokislotalar asosidagi maxsus davolovchi quruq aralashmalarning ayrim partiyalarini qamrab oladi.
Xususan, quyidagi mahsulotlar qaytarib olinmoqda:
- NAN 1 OPTIPRO – ayrim partiyalar;
- NAN 2 OPTIPRO – ayrim partiyalar;
- NAN Kislomolochniy (0–12 oy) – 1 partiya;
- NAN Supreme (0–12 oy) – 1 partiya;
- ALFARÉ Amino – ayrim partiyalar.
Qayd etilishicha, Nestle kompaniyasi tashqi yetkazib beruvchidan olingan xom ashyoda (araxidon kislotasi) sereulid toksini bo‘lishi mumkinligi bilan bog‘liq ehtimoliy xavfni aniqlagan. Shu sababli kompaniya global miqyosda ayrim partiyalarni ixtiyoriy qaytarib olishga qaror qilgan.
Ushbu ingredient miqdori juda kam bo‘lib, O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarida sereulid toksini bo‘yicha normativ talab mavjud emas. Shunga qaramay, kompaniya ehtimoliy xavflarni oldini olish maqsadida 2026 yil 5 yanvardan boshlab mazkur chorani amalga oshirmoqda.
Nestle Food bu haqda tegishli regulyator organlarni xabardor qilgan va iste’molchilarga zarur ma’lumotlarni taqdim etishga tayyor ekanini bildirgan.
Ko‘rsatilgan partiyalardagi mahsulotlarni xarid qilgan iste’molchilar ularni kompaniya belgilagan tartibda qaytarishlari mumkin. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun iste’molchilarni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga +998 78 120 20 55 telefon raqami orqali murojaat qilish tavsiya etildi.
Ta’kidlanishicha, qaytarib olish amaliyoti faqat yuqorida ko‘rsatilgan cheklangan partiyalarga taalluqli bo‘lib, boshqa partiyalar va Nestle kompaniyasining O‘zbekistonda sotilayotgan boshqa bolalar oziqasi mahsulotlariga tegishli emas.