Joriy yilning 14-yanvar kuni “Toshkent-AERO” IBK Kontrabandaga qarshi kurashish shuʼbasi xodimlari tomonidan sifati kafolatlanmagan hamda foydalanish uchun yaroqsiz boʻlgan parfyumeriya va kosmetika vositalarining realizatsiyasiga qarshi qaratilgan tezkor tadbir poytaxtning Yashnobod tumanida oʻtkazildi.
Tadbir davomida Fargʻona yoʻli 3-tor koʻchasida joylashgan omborxona uning mudiri ishtirokida koʻzdan kechirildi. Natijada taxminiy qiymati 2 mlrd 150 mln soʻmni tashkil etuvchi jami 598 turdagi 29 ming 253 dona parfyumeriya va kosmetika vositalari noqonuniy saqlab kelinayotgani aniqlanib, vaqtіncha saqlovga olindi.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.