Oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida tumanning “Mustaqillik” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro M. A. oʻz xonadonida issiqxona tashkil etib, loyiha-texnik hujjatlarisiz, hisoblagichdan tashqari yashirin yoʻllar bilan gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib olgani aniqlandi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qonunchilikda belgilangan tartibda qayta hisob-kitob qilindi. Isteʼmolchi tomonidan 339 million 206 ming soʻmlik zarar yetkazilgani maʼlum boʻldi. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.