Samarqandda tabiiy gazdan noqonuniy foydalib kelgan yashirin sex aniqlandi

    Samarqand viloyatining Kattaqo'rg'on tumanida 3,4 mlrd so'mlik tabiiy gazni o'g'irlagan yashirin sex faoliyatiga chek qo'yildi.

    Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo'rg'on tuman bo'limi tomonidan “Hududgazta'minot” Samarqand viloyati hududiy filiali xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “O.A.” MCHJ rahbari U.O. tumandagi “Enam yaxshi” qishlog'idagi noturar binoda ohak ishlab chiqaruvchi yashirin tsex tashkil etib, tijorat maqsadida yuqori bosimli gaz tarmog'iga o'zboshimchalik bilan ulanib, 2 mln. 200 ming kub. metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 3,4 mlrd so'm zarar etkazgani aniqlandi.

    Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o'g'rilik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.