Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, “S.G.” MCHJ QK taʼsischisining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.G.” MCHJ QK sobiq rahbari N.K. korxona ombor mudirlari va kassiri A.A. bilan oʻzaro til biriktirib, korxonaning 820,8 tonna gilos mahsulotini naqd pulga sotib, jami 11,7 mlrd soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.