Oʻzbekiston Respublikasi IIV JQBB, DXX, Prokuratura hamda viloyat IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boʻlimi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilib, ushbu faoliyat bilan shugʻillanib kelayotgan 7 nafar shaxslar qoʻlga olinib, ularning jinoiy faoliyatiga chek qoʻyildi.
Aniqlanishicha, Samarqand shahar “Gala Osiyo” mahallasida yashovchi 1985-yilda tugʻilgan Sh.D. ushbu jinoiy guruhga yetakchilik qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Sh.D. va boshqa shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.