Ekilgan 4 xil navli elita urugʻlardan 80 kunda “R-1” urugʻlik kartoshkalari olinadi. Tomchilatib sugʻorish orqali parvarishlanayotgan bu kartoshka urugʻlari yetilgach, fermer xoʻjaliklarga tarqatilishi koʻzda tutilgan.

 

- Urugʻlar Gollandiyadan keltirilgan, - deydi klaster rahbari Elyor Toʻraboyev. – Buning uchun 1,5 milliard soʻm mablagʻ sarflandi. Mablagʻning 968 million soʻmi “Agrobank” tuman filiali krediti, qolgani esa oʻz hisobimizdan. Gektaridan 30-40 tonnagacha hosil olishni rejalashtirganmiz.

 

Toʻlqin Siddiqov.