Anjuman davomida tashkilot kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda. Xususan:
- yoshlar siyosati rivojlanishi;
- davlatlar, fuqarolik jamiyati va xususiy sektor oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish;
- barqaror rivojlanish;
- inklyuzivlik masalalari kun tartibidan oʻrin olgan.
Yigʻilishni YUNESKO boʻyicha Oʻzbekiston Milliy komissiyasi raisi Gayane Umerova ochib berdi va yigʻilish raisi etib saylandi.
U oʻz nutqida kengash kun tartibi mazmunan boy ekanini hamda YUNESKO faoliyati uchun muhim yoʻnalishlarni oʻz ichiga olganini taʼkidladi.







