Anjuman davomida tashkilot kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda. Xususan:

  • yoshlar siyosati rivojlanishi;
  • davlatlar, fuqarolik jamiyati va xususiy sektor oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish;
  • barqaror rivojlanish;
  • inklyuzivlik masalalari kun tartibidan oʻrin olgan.

Yigʻilishni YUNESKO boʻyicha Oʻzbekiston Milliy komissiyasi raisi Gayane Umerova ochib berdi va yigʻilish raisi etib saylandi.

U oʻz nutqida kengash kun tartibi mazmunan boy ekanini hamda YUNESKO faoliyati uchun muhim yoʻnalishlarni oʻz ichiga olganini taʼkidladi.