“Oʻzagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi va tumanlar boʻlimlari sohaviy inspektorlari tomonidan viloyatda faoliyat yuritayotgan mavjud 73 ta yogʻ-moy korxonalarida monitoring tadbirlari oʻtkazildi.
Tadbirlar davomida 51 ta yogʻ-moy korxonalari faoliyati amaldagi huquqiy talablarga javob bermasligi, yogʻ-moy mahsulotlarini ishlab chiqarishda toʻliq texnologik sikllari, ishlab chiqarilgan yogʻ-moy mahsulotlariga sanitariya epidemiologik xulosa va muvofiqlik sertifikatlari mavjud emasligi yuzasidan 53 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Aniqlangan huquqbuzarlik holatlari yuzasidan 55 ta holatda yozma koʻrsatma berilgan boʻlib, 18 ta holatda toʻplangan hujjat qonuniy chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga joʻnatildi.
Samarqand shahridagi “Sabzovotnavurugʻlari” MCHJda va Tayloq tumanidagi “Pet Agro oyl” MCHJda monitoring tahlillari olib borilib, tahlilda ikkala jamiyatda ham Prezidentimizning 2020-yil 27-oktyabrdagi PF-6094-son Farmoni talablari boʻyicha toʻliq siklda faoliyat olib borayotganligi hamda 2021-yil 17-martdagi PQ-5031-sonli qaror ijrosi yuzasidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tovar xom-ashyo birjasi orqali sotilayotganligi maʼlum boʻldi.
Bundan koʻzlangan asosiy maqsad, ichki isteʼmoli bozorini sifatli va arzon yogʻ-moy mahsulotlari bilan taʼminlash, jahon talablariga mos, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishdan iborat.
Baxodir Raxmonov,
“Oʻzagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat
boshqarmasi bosh inspektori