Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xabar berdi.
Raqobat qoʻmitasi “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, reklamaning aylanishi sohasidagi qonunbuzilish holatlarini nazorat qiluvchi vakolatli davlat organi hisoblanib, bu borada muntazam ravishda tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida, Samarqand shahrida joylashgan 2 ta mehmonxona:
“Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning 16-moddasi hamda “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasi talablari buzilganligi holati aniqlanib, “XURSHEDA GRAND” OK va “DIPLOMAT PREMIUM” OKga nisbatan tegishli tartibda ish qoʻzgʻatildi. Mazkur ish boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilib, ushbu mehmonxonalarga nisbatan moliyaviy jarima qoʻllanildi.
Bundan tashqari, Samarqand shahrida faoliyat yuritayotgan “MINDED” MCHJga tegishli boʻlgan “Minded school” oʻquv markazi binosida joylashtirilgan reklama bannerida oʻzbek kino aktyori, xalqaro darajadagi huquqshunos va jurnalist Otabek Maxkamovning tasviridan uning roziligisiz foydalanilganligi aniqlandi.
Ushbu holat boʻyicha “MINDED” MCHJga nisbatan tegishli tartibda ish qoʻzgʻatilib, boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan koʻrib chiqildi. Natijada, “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunining 16-moddasi 3-qism 5-xatboshi (jismoniy shaxsning nomidan yoki tasviridan uning roziligisiz foydalanish taʼqiqlanadi) talablarini buzgan holda nomaqbul reklama (notoʻgʻri, axloqsiz, yashirin reklama, shuningdek ushbu Qonun talablariga mos kelmaydigan boshqa reklama) sifatida joylashtirilganligi sababli “MINDED” MCHJga nisbatan moliyaviy jarima qoʻllanildi.
Shuningdek, yuqoridagi subyektlarga qonun buzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha koʻrsatmalar berildi.