2021 yilning 1 yanvaridan boshlab kontsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning buyurtmalariga asosan ko'rsatiladigan barcha xizmatlar yozma va haq evaziga tuziladigan shartnoma asosida taqdim etiladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining kalendar` rejalarda nazarda tutilmagan davlat tadbirlarini o'tkazishni nazarda tutuvchi qarorlarida ushbu tadbirlarni tashkil etish bo'yicha ko'rsatiladigan xizmatlar bo'yicha buyurtmachilar hamda ularni moliyalashtirish manbalari ko'rsatiladi.