Uchrashuvda Sankt-Peterburg shahridagi yirik avtoparklarga malakali mutaxassislarni tayyorlab beradigan Avtomexanika kollejida oʻzbekistonlik mehnat migrantlarini avtomexanika, avtoelektrik, avtoslesar, avtokuzov taʼmirlash, avtopayvandlash, koʻp qavatli uylar liftlariga xizmat koʻrsatish kabi yoʻnalishlar boʻyicha “World Skills Russia” dasturi asosida oʻquv kurslarida bepul oʻqitishni tashkil etish boʻyicha kelishib olindi.

Maʼlumot oʻrnida, “MLM Nevskiy Lift” kompaniyasi tomonidan Sankt-Peterburg shahridagi 60 mingta liftlarni almashtirish boʻyicha dastur qabul qilingan.