“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK qoshidagi STQ 4 “Turizm va madaniy meros” standartlashtirish bo'yicha texnik qo'mita tomonidan O'z DSt ISO 13810:2023 (ISO 13810:2022, IDT) “Turizm va unga bog'liq xizmatlar turlari. Sanoat, tabiiy, madaniy va tarixiy joylarga tashrif buyurish. Talablar va tavsiyalar” davlat standarti ishlab chiqildi.

Mazkur davlat standarti O'zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining buyrug'i bilan qabul qilindi.

Ushbu standart tashrif buyuruvchilar turistik obektning madaniy, tarixiy yoki tabiiy qiymatining xususiyatlari to'g'risida yoki xizmat, faoliyat yoki mahsulot hozir qanday rivojlanmoqda yoki o'tmishda qanday rivojlanganini o'rganishi uchun gid bilan yoki mustaqil ekskursiyalarni taklif qiluvchi xizmatlarni etkazib beruvchilar uchun umumiy talablar va tavsiyalarni belgilaydi.

Ushbu standart tashrif sifati va xavfsizligiga va/yoki tashrif buyuruvchilar tajribasiga ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan turistik tashriflar va tegishli xizmatlar, obektlar, uskunalar va operatsiyalarga nisbatan qo'llaniladi.

Standart joriy yilning 1-noyabrdan amalga joriy etiladi.