Unga koʻra, 2026 – 2035-yillarda saraton kasalliklariga qarshi kurashishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilanadi:
- xavfli oʻsma kasalliklarini erta bosqichlarda aniqlash ulushini 45 foizdan 59 foizgacha oshirish;
- xavfli oʻsma kasalliklari aniqlangan bemorlarning besh yillik yashovchanligini 40 foizdan 55 foizgacha yetkazish;
- onkologik bemorlarning kamida 80 foizini zamonaviy tashxislash va davolash texnologiyalari bilan qamrab olish;
- aholi oʻrtasida eng koʻp uchraydigan va oldini olish mumkin boʻlgan saraton kasalliklari (oʻpka, bachadon boʻyni, oshqozon va jigar saratoni) bilan kasallanishni 5 foizga kamaytirish.
Shuningdek, soʻz ketayotgan Milliy dastur asosida onkologik kasalliklarni erta aniqlash, tashxislash va davolash tizimi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi.
Respublika ixtisoslashgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini Milliy onkologiya markaziga aylatirish ham koʻzda tutilmoqda.