Saturn halqalarining yoshi chang zarralari asosida hisoblab chiqildi

    Boulderdagi Kolorado universiteti (AQSH) olimlarining tadqiqoti Saturn halqalari sayyoraning o'zidan ancha yoshroq ekanini ko'rsatdi.

    Shunday qilib, Saturnning yoshi 4,5 milliard yil, halqalarning yoshi esa 400 million yildan oshmaydi.

    Tadqiqot chang tahliliga asoslandi. Kichik materiya zarralari doimiy ravishda Quyosh tizimi bo'ylab harakatlanadi va boshqa jismlarga, xususan, Saturn halqalaridagi muz bo'laklariga yopishadi.

    Olimlar chang qatlamining to'planish tezligini tahlil qilib, halqalarning yoshini hisoblashga qaror qilishdi. 2004-yildan 2017-yilgacha Cassini kosmik kemasi Saturn atrofida uchayotgan chang zarralarini tahlil qildi. Buning uchun unga Cosmic Dust Analyzer maxsus qurilmasi o'rnatildi. Ammo mazkur vaqt davomida qurilma atigi 163 zarra yig'ishga muvaffaq bo'ldi.

    Olimlarning fikriga ko'ra, bu Saturn halqalari changni nisbatan qisqa vaqt ichida – 400 million yildan ko'proq vaqt davomida to'plashini anglatadi.

    Halqalar, jumladan, ularning paydo bo'lish tarixiga oid savollar hamon javobsiz qolmoqda. Bugungi kunga kelib, Saturn atrofida ko'plab mayda muz bo'laklaridan tashkil topgan yettita halqa aylanishi ma'lum. Umumiy muz zahiralari sayyoraning tabiiy yo'ldoshi – Mimas og'irligining yarmiga teng, deyiladi mir24.tv saytida.