Undan ko‘zlangan maqsad Saudiyadagi "Dr.Sulaiman al-Habib Medical Group" tibbiyot majmuasi bilan ikki tomonlama qo‘shma korxona ochish yuzasidan shartnoma imzolash hamda "Al-Gihaz Holding Co" va "Al-Hokair" kompaniyalarini O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investisiya loyihalariga jalb etish bo‘ldi.
Saudiya tomoniga o‘zbekistonlik bir guruh tibbiyot xodimlarining "Dr.Sulaiman al-Habib Medical Group" akademiyasida uch oylik malaka oshirish kurslarida tajriba va bilim ko‘nikmalarini oshirayotgani uchun minnatdorlik bildirildi.
Muloqot chog‘ida 2023 yil fevral oyidan boshlab shifokor va hamshiralarni tayyorlash bo‘yicha 2-Respublika tibbiyot kolleji negizida "Al Habib akademiyasi"ni tashkil etish maqsadida xususiy sheriklik asosida qo‘shma korxona bo‘yicha hamkorlik Bitimi imzolandi.