Saylov-bu mamlakatimizda barpo etilayotgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining koʻzgusi, fuqarolarning oʻz irodasini erkin bildrishi, davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirok eishining asosiy shaklidir. Saylov har birimiz, butun el yurtimiz uchun yana bir jiddiy bir sinov vazifasini oʻtaydigan, halqimizning siyosiy va huquqiy madaniyatini yaqqol koʻrsatadigan gʻoyat muhim tadbir ekanini albatta hammamiz yaxshi tushunamiz.

Bu yilgi Perzident saylovi oldingi oʻtkazilgan saylovlardan tubdan farq qilib, oshkoralik ruhida oʻtishi rejalashtirilmoqda. Bunga birgina misol, nomzodlarning dasturlarida ham turli xil fikrlar aks etganligini guvohi boʻlmoqdamiz.

Saylovning qanday oʻtishi koʻplab jihatlarga, ayniqsa, uchastka saylov komissiyasi faoliyatiga bevosita bogʻliq ekanligi azaldan maʼlum. Taʼbir joyiz boʻlsa, uchastka saylov komissiyasi - saylovning taqdiri hal boʻladigan eng masʼuliyatli maydon. Negaki, avvalo, saylovchilar, qolaversa, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari – hamma aynan saylov uchastkasining faoliyatiga qarab saylovni baholaydi. Shu yerda saylovchilar ovoz beradi, saylov byulletenlari sanab chiqiladi. Saylovga oid qonunlarning samaralari shu yerda yuzaga chiqadi, majud muammolar shu yerda aks etadi.

Shuning uchun ham saylov komissiyalari tizimining eng quyi boʻgʻinda ish olib boradigan mutaxassislar milliy saylov qonunchiligini va xalqaro saylov standarlarini yaxshi bilishi lozim. Ular, shuningdek, yurtimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlardan yaxshi xabardor, axborot texnologiyalaridan foydalanishni puxta oʻzlashtirgan boʻlishlari zarur.

Alohida taʼkidlash joyizki, Oʻzbekiston tarixida fuqarolarning saylov huquqini amalda toʻla taʼminlash, milliy saylov qonunchiligi va xalqaro saylov andozalarini targʻib qilish, oʻrganish va oʻrgatishga hech qachon bugungidek yuksak eʼtibor qaratilmagan, keng sharoit va qulay imkoniyatlar yaratilmagan.

Milliy saylov tizimidagi islohotlarning asosiy yoʻnalishlaridan biri boʻlgan bunday keng koʻlamli ishlar mamlakatimizda uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ezgu maqsadlarga erishishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizda gender tenglikni va xotin-qizlarning huquqlarini amalda taʼminlash, ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligi va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirishga qaratilayotgan doimiy va tizimli eʼtibor samarasidir. Bu inson qadri ustuvor boʻlgan jamiyatga xos yuksak maʼnaviyatning amaldagi yana bir roʻyobidir. Zero, yuksak maʼnaviyatli insonlar jamiyatidagina ayollarga eʼtibor va eʼzozning boʻlishi, mamlakatning esa rivoj topishidagi - azaliy haqiqatdir.

Isoqjon Negmatov,

Samarqand davlat universiteti dotsenti