Uning maʼlum qilishicha, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlik yoki alomatligining boshqa moneliklari tufayli saylov oʻtkazish binosiga tashrif buyurish imkoniyati boʻlmagan saylovchilar uchun turgan (yashash) joyida ovoz berish jarayoni epidemiyaga qarshi talablar asosida amalga oshirilmoqda.
Respublikadagi mavjud shifoxonalarda davolanayotgan bemorlar ham Prezident saylovlarida faol ishtirok etishdi. Jumladan, mustaqil yurish imkoniyati boʻlgan bemorlar uchun shifoxona hududida maxsus tayyorlangan xonada, yotoq rejimidagi bemorlar uchun maxsus mobil saylov qutilari orqali ovoz berishlari tashkil etildi.
Saylov komissiyasi aʼzolarining COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanganligi ham ularni kasallikdan himoyalashning yana bir muhim omili boʻldi.
Yuqoridagi tadbirlarning bajarilishiga sogʻliqni saqlash tizimining 21 mingdan ortiq mutaxassislari jalb etildi.